Choʻntakda 5,3 gramm marixuana saqlagan
Jizzax shahrining Kimyogar mahallasida viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida 1977-yilda tugʻilgan, muqaddam giyohvandlik bilan bogʻliq qonunbuzarligi uchun sudlangan R.YA.dan 5,3 gramm marixuana giyohvandlik moddasi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlarining giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan ishlari davom etmoqda.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77571
978


- 👍 1
- 😱 1