Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida Jizzax shahar ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.
Yakunda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyubo
Post #77412
1.12K










- 👍 5
- 👏 1