Jizzax viloyatining “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida noqonuniy ov va baliq ovlash holatlarining oldini olish maqsadida hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat IIB, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qo‘riqlash departamentining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Respubilkasi MG viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat FVB ishtirok etdi.
Reydlar davomida 1 ming 370 metr taqiqlangan to‘r yo‘q qilindi, 6 ta qayiq, 4 ta qayiq motori va 1 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. 7 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 ta holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77434
1.63K










- 👍 7
- 🔥 1
- 💯 1