1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jizzax akademik litseyida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirovning O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.O. Abdullayev tomonidan ustozlarga yetkazildi.
Tadbir davomida litseyda samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchilarga bayram munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur bilan davom etdi. O‘quvchilarning kuy-qo‘shiqlari, she’rlari va sahna ko‘rinishlari ustozlarga bo‘lgan yuksak hurmat va minnatdorlikning samimiy ifodasi bo‘ldi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77036
1.81K








- 👍 6