Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov boshqarma tasarrufidagi 40-sonli "Aziza" nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari va tarbiyachilarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Viloyat IIB rahbari bolajonlarga ilk ta’lim-tarbiya berayotgan, ularning ma’nan va jismonan sog‘lom voyaga yetishida zahmat chekayotgan murabbiylarni qutlar ekan, jajji o‘g‘il-qizlar qalbida vatanparvarlik, ezgulik va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishda bog‘cha fidoyilarining o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda bir guruh ilg‘or xodimlarga boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Ta’lim tashkiloti jamoasi ko‘rsatilgan ehtirom va doimiy e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida ham yosh avlod tarbiyasi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etishini bildirdi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77073
1.1K








- 👍 6
- 👏 2
- 🔥 1