Uch avlod uchrashuvi: ustozlar eʼzozda
1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sharof Rashidov tumani IIBda «Uch avlod uchrashuvi» tadbiri tashkil etildi.
Unda sohada koʻp yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, IIV Jizzax akademik litseyi oʻquvchilari hamda ayni vaqtda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida faxriylar oʻzlarining boy hayotiy va kasbiy tajribalari, xizmat faoliyatidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashib, yoshlarga ustoz-shogird anʼanalarining ahamiyati haqida soʻzlab berdilar.
Uch avlod vakillarining samimiy muloqoti yosh avlod uchun ibrat maktabi boʻlib, kasbga sadoqat, vatanparvarlik va ustozlarga ehtirom tuygʻularini yanada mustahkamladi hamda faxriylarning boy tajribasidan yoshlarning bahramand boʻlishlariga zamin yaratdi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77063
2.08K










- 👍 7
- 🔥 3
- 👏 2