⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar!Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi:1. Venchur sarmoyalar hajmi
2 mlrd dollarga yetkaziladi;
2. 500 ta startap
1 mln, 100 tasi
10 mln va 25 tasi
100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi;
3. Yoshlarning
2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi;
4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida
20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
5. 2026-yildan boshlab har yili
“Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi;
6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga
1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;
7. Chempionat g‘oliblari
davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi;
8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga
41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi;
9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun
20 ta loyihaga
5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi;
10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun
41 mln so‘mgacha grant beriladi;
11. O‘quvchilar o‘rtasidagi
“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga
10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;
12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va
mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi;
13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga
20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi;
14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan
20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi;
15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida
IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi;
16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha
“R&D” vaucher taqdim etiladi;
17. Startapchilarning nufuzli
akseleratsiya va
o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining
50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi;
18. Startaplarni
patentlash va intellektual mulkni
ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi;
19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida
“Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik
tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi.
20. 2026-yildan boshlab har yili
“Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar
investorlar, venchur jamg‘armalar hamda
yirik korxonalarga taqdimot qilinadi;
21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan
davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi;
22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami
160 mln dollar va
130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;
23. Texnologik startaplar uchun
Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi;
24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga
50 mln dollar ajratiladi;
25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga
10 mln dollar beriladi;
26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan
100 mlrd so‘m ajratiladi.
Manba:
PQ-59 (11.02.2026)@alisher_sadullaev