⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar!
Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi:
1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi;
2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi;
3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi;
4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi;
6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;
7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi;
8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi;
9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi;
10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi;
11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;
12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi;
13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi;
14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi;
15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi;
16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi;
17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi;
18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi;
19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi.
20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi;
21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi;
22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;
23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi;
24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi;
25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi;
26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Manba: PQ-59 (11.02.2026)
@alisher_sadullaev
Post #2707
2.13K
Forwarded from Alisher Sadullaev
- 👍 7
- 👏 1