Biz har doim nimanidir hayol qilishdan yoki orzu qilishdan hech to'xtamaymiz. Ba'zida kunlarga qaraymiz, har bir o'tayotgan kunlarimiz go'yo bir xil. Ammo orqamizga qarasak hammasi boshqacha. O'zimizdan hech qoniqa olmaymiz, har kuni nima uchundir harakat qilayotganimiz ko'rinib tursada, aslida erishmoqchi bo'lgan maqsadimiz nima uchundir hech kelmayotgandek go'yo. Menda bir fikr paydo bo'ldi. Nima uchun nimadirlar qilishdan hech to'xtamayabmiz? Shu vaziyatda quyidagi 2 ta fikr keldi:
1. Biz qilgan orzular bilamiz hali uzoqda. Ammo judayam-judayam katta bo'lganligi tufayli yaqindek ko'rinadi va unga erishish uchun har kuni shashtimizni tushirmasdan harakat qilamiz, yuguramiz, yelamiz va h.k.
2. Biz judayam kam harakat qilyabmiz va rejalarimizga yetish yo'li yaqinda ko'rinsa ham heech unga yetamiz deb o'yagan vaqtimizda yetolmayabmiz. Buni ko'rsatmaslik uchun har doim qandaydir harakatda bo'lib o'zimizni ovutgandekmiz go'yo.
Bunday vaziyatlarda go'yo odamlarni biz haqimizda yuritayotgan fikrlarini o'zgartirish uchun qilayotgan harakatlarimizni va ulkan rejalarimizni o'zgartirmasligimiz kerak! Har doim oliy maqsadlar sari beto'xtov harakatda bo'lishimiz kerak deb hisoblayman.
Siz qanday fikrdasiz? Nima uchun hamma har kuni hamma joyda shoshgan yugurgan va nimadandir bezovta?
Keling bir to'xtab qayerga, nima uchun va qanday qilib harakat qilayotganimizga bir nazar solaylik, tadabbur qilaylik. Keyin esa niyatni poklab yo'lda refresh holatda davom etaylik.
#Qiziq
@JavaHere