TGViewer
JavaHere's Blogs 🚀 JavaHere's Blogs 🚀 @javahereblogs · 2.23K subscribers
Post #648 361
Barchaga assalamu alaykum

Bilaman anchadan beri qarmoqqa ilinadigan biror narsa joylaganim yo'q. Buning sababini aytmoqchi bo'lib bu postni yozyabman. Esingizda bo'lsa 1 chi apreldan bu 200 masalali challenge ni boshlagan edim. O'sha kuni esa shanba edi. Shanba, yakshanba ya'ni 1-2-aprel kunlari videosi chiqdi. Ammo kun 3-aprel ya'ni dushanba ga kelganda hayotimda bir ajoyib voqea yuz berdi. Dushanba kuni ish kunim edi.

Fevral oyining 28-kuni kompaniya 1 oy (mart) oyidan so'ng men bilan kontraktni to'xtatishini aytgan edi. Faqat bir shart bilan, ular xohlaganday bo'lishim bilan kontrakt buzilmasligini aytgan edi.

Dushanbaga qaytamiz. 3-aprel. Daily meeting ga kirdim va juma kuni(31-mart) kuni barcha tasklarimni tugatganim haqida ma'lumot berib yangi tasklar ga tayyor ekanligimni aytdim. Ular status uchun rahmat aytib daily meeting ni davom ettirishdi. Ammo 2 soatdan keyin tasklarimga kirib ko'rsam quyidagicha habar turibdi:

"Your password changed 2 hours ago. Please, verify your account...."

Bilsam 31-mart kuni mening ohirgi ish kunim bo'lgan ekan 🥲😂. Dushanba kuni esa kompyuter va boshqa kompaniya bergan narsalarni qaytarishimni so'rashdi va shu kundan boshlab biror video chiqmadi. Va bunga hech ham imkoniyat bo'lmayabdi.

To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman. Siz to'g'ri tushunmasangiz kim tushunadi?)

Challenge ni esa Hudo xohlasa keyingi ishga kirganimda davom ettirmoqchiman...

Shunaqa gaplar...
  • 👍 7
  • 🤨 1
More from @javahereblogs
  1. Oct 3, 20268-oktyabr(Kelayotgan payshanba)dan boshlanadigan bo'ldi! Dars vaqtlari: Payshanba - 22:00…
  2. Sep 29, 2026Universitet boshlandi Qiziq narsalar örgatishyabdi. Töğri, internetda tekinga örgansa böla…
  3. Sep 26, 2026Avtomatlashtirish Oldin: 1. Kurs e'loni 2. Google form orqali ro'yxatdan o'tish 3. Har bir…
  4. Sep 22, 2026Muammo faqat pulda emas… 1. Bo’lib to’lash qo’shilganda odatda narxlari to’liq to’lagandan…
  5. Sep 19, 2026DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun…
  6. Aug 28, 2026Yechim 1. aID lardan foydalanib BF (Bloom Filter) qurdim. 2. B table ni BF o'tkazib oldim.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →