TGViewer
Channel Public Channel
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

@itu_uz

Innovatsion texnologiyalar universitetining telegramdagi rasmiy sahifasi
Subscribers
5.41K
Photos
14.3K
Videos
1.2K
Links
3.5K
Recent Posts 4 shown
Post #16869 933
🗣 ITU talabalari Nukusdagi maktabda amaliyot o‘tamoqda

⏺ Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti «Filologiya va tillarni o‘qitish» ta’lim yo‘nalishi talabalari Nukus shahridagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot o‘tamoqda.


⏺ Amaliyot jarayonida talabalar uchun tashkiliy va tushuntirish ishlari olib borilib, maktabning ichki tartib-qoidalari, mehnat intizomi hamda pedagogik odob-axloq me’yorlari haqida ma’lumot berildi.

⏺ Shuningdek, amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.

Bizning sahifalarimiz:

| 🚀Telegram |📷Instagram |🌐Sayt |
  • ❤ 6
  • 🔥 1
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #16864 699
🗣 ITUda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

⏺ Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion texnologiyalar va biznes fakultetida «Is gazidan zaharlanishning oldini olish» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

⏺ Tadbirda fakultet dekani o‘rinbosari Axmet Seytkamalov, universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Sharyar Djoldasbayev, Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Dauran Eshniyazov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.


⏺ Mutaxassis tomonidan is gazidan zaharlanish sabablari, uning inson hayoti uchun xavfi hamda oldini olish choralari haqida ma’lumot berildi.

⏺ Shuningdek, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.

Bizning sahifalarimiz:

| 🚀Telegram |📷Instagram |🌐Sayt |
  • 🎉 34
  • 👍 32
  • 🔥 32
  • 🤩 32
  • 😍 30
  • 💯 24
  • ❤ 16
Post #16857 701
🗣 ITUda talaba-qizlar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

⏺ Innovatsion texnologiyalar universitetida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida talaba-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


⏺ Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, tezkorlik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyish etdi. Musobaqa bahslari qizg‘in kechib, talaba-qizlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

⏺ Tadbir davomida talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

⏺ Bunday musobaqalar talaba-qizlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga ham imkon beradi.

✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.

Bizning sahifalarimiz:

| 🚀Telegram |📷Instagram |🌐Sayt |
  • 💯 83
  • 🔥 81
  • ❤ 72
  • 🤩 71
  • 👍 70
  • 🎉 66
  • 😍 61
Post #16852 1.02K
🗣 ITU talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markaziga borishdi

⏺ Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakultetining talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markaziga borishdi.


⏺ Sayohat davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

⏺ Sayohat yakunida talabalar kutubxonaga rasman a’zo bo‘ldi. Endilikda ular ta’lim jarayonida kutubxona fondidagi adabiyotlardan foydalanib, o‘z bilimlarini yanada boyitish imkoniga ega.

✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.

Bizning sahifalarimiz:

| 🚀Telegram |📷Instagram |🌐Sayt |
  • 👍 5
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @itu_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI have?
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI (@itu_uz) has 5.41K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →