⏺ Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakultetining talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markaziga borishdi.
⏺ Sayohat davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
⏺ Sayohat yakunida talabalar kutubxonaga rasman a’zo bo‘ldi. Endilikda ular ta’lim jarayonida kutubxona fondidagi adabiyotlardan foydalanib, o‘z bilimlarini yanada boyitish imkoniga ega.
✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
Bizning sahifalarimiz:
| 🚀Telegram |📷Instagram |🌐Sayt |




