TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #8210 2.26K
#mulohaza_uchun #maslahat

👀 Shifokor ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlarni oshkor qildi

Yaxshi ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun inson xilma-xil mahsulotlarni iste’mol qilishi kerak. Bu haqda oftalmolog Shafiq Rahmon Utro.ru portaliga bergan intervyusida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa go‘sht, qizil qalampir, qizil ikra, pomidor va rezavorlar ko‘z va ko‘rish qobiliyati uchun foydali sanaladi.

Shifokor ta’kidlaganidek, ushbu mahsulotlardagi ozuqa moddalari kataraktaning rivojlanishi va boshqa salbiy ta’sirlarning oldini oladi.

To‘q sariq va sariq rangli meva va mahsulotlar ham ko‘rish sifatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, deydi oftalmolog. Bular o‘rik, apelsin, kartoshka, greypfrut, qovun, limon va sabzi bo‘lib, ular tarkibida S vitamini, sabzi va o‘riklarda esa ham beta-karotin mavjud. Ushbu moddalar ham shubhasiz ko‘z faoliyatini yaxshilaydi.

Shu bilan birga, mutaxassis spirtli ichimliklar ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Daltonik bola umrida birinchi bor ranglarni ajrata olgan vaziyat
• “Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin?
• Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat
• Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
• Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 6
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →