#maslahat #mulohaza_uchun
“Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin? 🤔
💻 Kompyuterdan uzoq va davomli foydalanish natijasida «kompyuter ko‘rish sindromi» yuzaga keladi. Faoliyati kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan har kimda kuzatiladigan bu sindrom ko‘zlarda charchoq, qizarish, qum qadalgandek hissiyot, quruqlik va sanchiq, ko‘rish qobiliyatining xiralashuvi, qichish, bosh va bo‘yinda og‘riq, ish kuni yakunidagi charchoq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Kompyuterdan foydalanishda bazaviy qoidalarga rioya qilmaslik esa bu sindromning paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.
Kompyuterdan foydalanishda diqqat qaratish kerak bo‘lgan qoidalar:
👉🏻 monitordan 50-60 sm uzoqlikda bo‘lish;
👉🏻 har 45 daqiqada ko‘zga dam berish va ko‘z gimnastikasini bajarish;
👉🏻 monitorning yorug‘lik, kontrast sozlamalarini to‘g‘ri va qulay tarzda belgilash;
👉🏻 bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirmaslik;
👉🏻 monitorning ko‘z bilan bir kesimda joylashuvi (ko‘zdan balandda yoki pastda bo‘lmasligi kerak);
👉🏻 displey va ish joyida chang to‘planib qolmasligini nazorat qilish;
ko‘zni yumib-ochmay uzoq tikilishni kamaytirish;
👉🏻 ish xonasining o‘ta qorong‘i bo‘lmasligini ta’minlash darkor.
📰 Batafsil
📝 Manba: Kun.uz
👨🏻💻@itspecuz
Post #3836
12.6K