TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5687 4.76K
#bilasizmi #mulohaza_uchun #maslahat

Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi? 📺👀

Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazishi rostmi? Ushbu savol koʻplab muhokamalarga sabab boʻlib keladi. Bu holat katta yoshli odamlarning koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazmasligi mumkin, biroq yosh bolalar va oʻsmirlarda miopiya rivojlanishiga sabab boʻladi.

Televizorni yaqin masofadan tomosha qilish katta yoshli odamlarda koʻzlarning tez charchashiga olib keladi. Boisi, bu holatda koʻzlar uzoq muddat davomida bosim ostida boʻladi, boʻyin mushaklari ogʻriydi, qon aylanishi buziladi, kislorod tanqisligi yuzaga keladi. Shunga qaramasdan, televizorni koʻp tomosha qilish tufayli ularda miopiya rivojlanishi xavfi katta emas. Agar koʻrish qobiliyatining yomonligi nasldan naslga oʻtgan boʻlsa, odam televizor tomosha qilishdan butkul voz kechgan taqdirda ham unda miopiya rivojlanaveradi.

Bolalarda esa bu holat butunlay oʻzgacha kechadi. Televizorni yaqin masofadan tomosha qilish kichkintoylar va oʻsmirlarda miopiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Odatda koʻz olmasining oʻlchami 24 mm.ni tashkil qiladi. Mazkur koʻrsatkich 0,5 mm.ga oʻzgargan taqdirda ham odamga koʻrish qobiliyatining yomonlashishi tashxisi qoʻyiladi.

Bolalar televizorni kichik yoshlardanoq tomosha qila boshlaydilar, bu oʻrinda odamning koʻrish aʼzolari 19-20 yoshgacha rivojlanishini hisobga olish kerak boʻladi. Ekran qarshisida koʻp vaqt oʻtirish natijasida bolaning koʻz olmasi oʻlchami doimiy ravishda oʻzgarib turadi, oqibatda miopiya yuzaga keladi.

Nima qilish kerak? 🤔

10 yoshgacha boʻlgan bolalarga televizor koʻrish uchun kuniga 10-15 daqiqaga ruxsat berilsa yetarli. Oʻsmirlar esa bir kunda 2-3 soat televizor koʻrishlari mumkin. Televizor ekrani va uni koʻrayotgan odam oʻrtasidagi masofa 2 metrdan yaqin boʻlmasligi kerak.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →