TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7126 11.5K
#word #powerpoint

⬆️⬇️ So‘zlardagi harflar registrini o‘zgartirish

Aytaylik, biror hujjat ustida berilib ishlayotgan mahalingiz, matnni klaviaturadan ko‘z uzmay kiritish bosqichidasiz, ushbu jarayonda monitorga bir-bir qarab qo‘yasiz, bunda yoqimsiz holatlardan biri esa Caps Lock klavishining bexosdan bosilib ketilishi oqibatida katta harflarning kichik, kichik harflarning esa katta ko‘rinishda yoki barcha harflarning butunlay katta ko‘rinishda kiritilishidadir.

Agar bunday vaziyatlarda ilgari barcha harflarni qayta kiritib ovora bo‘lib yurgan bo‘lsangiz, buning oson yechimi bor. Shunchaki bundan keyin kerakli harf/so‘z/jumlalarni belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasini ketma-ketlikda bosib, harflar registrini o‘zgartirish orqali ishingizni osonlashtiring.

📌 P.S.: Maslahatimiz, klaviaturaga qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini shakllantiring, shunda ko‘zingiz doim monitor ekraniga qaratilgan bo‘lib, xato-kamchiliklarni darrov anglaysiz.

Bunday ko‘nikmani shakllantirishda sizga
Соло на клавиатуре va shunga o‘xshash boshqa klaviatura trenajyorlari yordamga keladi, bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalaning!

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Punto Switcher dasturi
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Unutilgan “Scroll Lock” klavishi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 19
  • 😱 2
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →