TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3019 8.62K
​​#mulohaza_uchun #hardware

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati ⌨️🤔

Har birimiz deyarli har kuni kompyuterdan foydalanamiz, klaviatura bilan matn teramiz, biroq PCdan shunchalik ko‘p foydalanganimizdan undagi ba’zi mayda jihatlarga hattoki e’tibor ham bermaymiz.

Masalan, ko‘pchilik QWERTY klaviaturadagi F va J tugmalarining pastki qismida bo‘rtib chiqqan chiziqcha borligini payqamagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bu bo‘rtmalardan maqsad nima?

Bu klavishlarining pastki qismida joylashgan bo‘rtmalar yozayotgan kishiga o‘ng va chap barmoqlarni klavishlar paneliga qaramasdan ham, klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish imkonini berish uchun ataylab yaratilgan. Barmoqlarni "home row" (bosh qator) deb ataluvchi klavishlar guruhi bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish bilan boshqa klavishlarni klaviaturaga qaramasdan ham to‘g‘ri aniqlay olish va yozish tezligini oshirish mumkin. QWERTY klaviaturada "home row" guruhiga o‘ng qo‘l barmoqlari uchun J, K, L; chap qo‘l barmoqlari uchun esa A, S, D, F tugmalari kiradi.

Bundan tashqari sonlar panelidagi "5" klavishida ham ayni bo‘rtiq mavjud bo‘lib, u ham yuqoridagi kabi vazifani bajaradi.

📝 Mirzohidbek Abdurahmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →