TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4938 45.5K
#operatsion_tizim #excel

Unutilgan Scroll Lock klavishi ⌨️😔

Klaviaturadagi Scroll Lock klavishidan deyarli hech kim foydalanmaydi. Xo‘sh, agar shunchalik kerak bo‘lmasa, unda nega klaviaturadan joy olgan? 🤔

Klaviaturada 3 ta led chiroqlarni yoqib o‘chishiga sabab bo‘luvchi klavishlardan biri – Scroll Lock'dir.

Scroll Lock klavishi eski avlod kompyuterlarida ko‘proq foydalanilgan. Ushbu klavisha faollashtirilganida kursor o‘rnida qotib, klaviatura strelkalari yordamida matn bo‘ylab yuqoriga/pastga siljish imkoni bo‘lgan.

Hozirda buning o‘rnini sichqonchada o‘rnatilgan g‘ildirakcha (scroll) egallagan, undan foydalanish esa nisbatan ancha qulayroqdir.

Scroll Lock klavishidan hozirda Microsoft Office paketining Excel dasturida foydalanish mumkin.

U faollashtirilib, strelkali klavishlar bosilganida kursor yacheykadan yacheykaga sakramaydi, bunda strelkali klavishlar jadval bo‘ylab yuqoriga/pastga/o‘ngga/chapga siljish uchun xizmat qiladigan rejimga o‘tadi.

Strelkalar yordamida yana yacheykalar bo‘ylab o‘tish uchun Scroll Lock klavishini qayta bosib, uni faolsizlantirish lozim bo‘ladi.

📝 Manba: @geek_boy_uz

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 6
  • 👎 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →