TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6445 5.14K
#operatsion_tizim

💿 Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)

Microsoft Windows 11 uchun qo‘llab-quvvatlanuvchi protsessorlar ro‘yxatini kengaytirib, qolgan talablarni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bular qatoriga esa operativ xotiraning kamida 4 Gb hajmda bo‘lishi, UEFI'dagi faollashtirilgan Secure Boot funksiyasi va TPM 2.0 kriptografik modulining mavjudligi kabi talablar kiradi.

Windows 11'ni yuqorida sanab o‘tilgan cheklovlarni chetlab o‘tgan holda toza o‘rnatishni ko‘rib o‘tamiz. Dastlab yuklanuvchi USB-fleshkani Microsoft saytida taqdim etilgan rasmiy ISO obrazi va Buyruq satri (Командная строка), UltraISO dasturi yoki PowerShell yordamida tayyorlab oling.

❗️Microsoft saytiga ushbu havola bo‘yicha o‘tib, biroz pastroqqa tushib Download Windows 11 Disk Image (ISO) bandi ostidagi dastlabki ro‘yxatdan tizimning o‘zi (Windows 11), ikkinchisidan uning tili tanlanadi va tanlagan tilingizga ko‘ra, masalan, Windows 11 Russian yozuvi va ko‘k rangli 64-bit Download tugmasi paydo bo‘ladi, shu tugmasi bosish orqali 4.86 Gb hajmdagi ISO fayl yuklab olinadi.

Yuklanuvchi fleshka tayyor bo‘lganidan so‘ng o‘rnatish jarayonini boshlang va This PC can't run Windows 11 oynasi paydo bo‘lganida SHIFT + F10 klavishlari birikmasini bosing. Командная строка (Buyruq satri) ishga tushiriladi. Unga regedit buyrug‘ini yuborib ENTER'ni bosish orqali Редактора реестра'ni ekranga chaqiring va ochilgan oynada HKLM\SYSTEM\Setup yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting.

Oynaning o‘ng tomonda joylashgan katta panelida quyidagi nomlar bilan 3 ta DWORD (32-bit) parametrini yarating: BypassTPMCheck, BypassRAMCheck va BypassSecureBootCheck. Har bir parametrga 1 qiymatini berib chiqing. Reyestr muharriri va konsol oynalarini yoping. O‘rnatuvchi dastur oynasida ortga qaytish strelkasini bosib, operatsion tizim nashrini qaytadan tanlang. Bu safar xatolik oynasi yuzaga kelmasligi lozim.

📝 Manba: @pcTeapot

📌 1-usul bilan tanishib ko‘ring, unda Windows 10'dan 11'ga yangilanish paytida cheklovlarni chetlab o‘tish bo‘yicha maslahat ulashilgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da ISO fayl virtual diskka qanday ulanadi?
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →