TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5677 4.46K
#operatsion_tizim

Windows 10'da ISO fayl virtual diskka qanday ulanadi? 📀🤔

ISO (fayl nomi.iso) – bu CD, DVD yoki USB-saqlash qurilmasida avtomatik ishga tushirish va qolgan xususiyatlarni topish mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi disk obrazi (1 ga 1 nusxasi) faylidir. Монтирование (virtual diskka ulash) – bu ISO fayllarini xuddi haqiqiy disk kabi ishga tushirish uchun kompyuteringizda CD/DVD virtual o‘qish qurilmasini yaratish jarayonidir.

Agar siz, masalan, tarkibida o‘yini mavjud disk obrazini yuklab olgan bo‘lsangiz, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochiluvchi menyudan Подключить bandini tanlang.

⚠️ Bunda fayl arxivdan ajratib olingan bo‘lishi muhim, ya’ni faylning Свойства oynasida yoki fayl nomidan keyin keluvchi kengaytmasida *.zip, *.rar emas, balki *.iso bo‘lishi lozim.

Подключить bandi tanlangani zahoti ISO'ning tarkibi, xuddi standart papkalar bilan bo‘lgani kabi, Проводник oynasida ochiladi. Shu bilan birga Windows fayl menejerining chapki panelida, Этот компьютер ochiluvchi ro‘yxatida (vaqtinchalik yaratilgan) CD/DVD o‘qish qurilmasi belgisi yonida ISO faylini saqlashda berilgan nomi bilan ko‘rinib turadi.

Disk obrazi bilan barcha amallar bajarib bo‘linganidan so‘ng, Проводник'dagi disk ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochiluvchi menyudan Извлечь bandini tanlaysiz va virtual disk g‘oyib bo‘ladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Basic Grammar in Use, Third Edition, CD-ROM
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →