TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6428 4.74K
#mulohaza_uchun

⏱ VAQTNI MUNOSIB TAQSIMLASH – MARRANING YARMI (2-qism)

Ushbu maqolaning 1-qismi

Ish kunini eng muhim vazifalar bilan boshlang.

Bir vaqtlar Mark Tven shunday degan ekan: “Baqa yeyishga to‘g‘ri kelsa, uni tongda yeganing ma’qul. Agar ikki baqadan birini yeyishga to‘g‘ri kelsa, avval semizini yegan ma’qul”. Bu nima degani? Muhim ishlarni tanda kuch-g‘ayrat va ishlashga xohish bor vaqtda qilish lozim. Tong esa buning ayni pallasi. Natijada kunning qolgan qismida siz ijobiy ichki kayfiyatda bo‘lasiz.

Vazifani to‘g‘ri belgilang.

Vazifa to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri belgilab olingan bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri maqsad – nishonni xato olish degani. Natijada, behuda vaqt va kuch yo‘qotamiz. Vazifani belgilashdan avval uni amalga oshirish uchun zarur ishtiyoqqa ega ekaningizga amin bo‘ling.

“80/20 qoidasi”dan foydalaning.

Vaqtni samarali tashkil etishdagi yana bir tavsiya etiladigan qoida “saksonga yigirma” deb ataladi. Shuningdek, bu qoida “Pareto qonuniyati” ham deyiladi. Unga ko‘ra taxminan 80 foiz natija 20 foizlik sa’y-harakat tufayli sodir bo‘ladi.

Sportchilarning fikri bilan ifodalansa, g‘alabaning 80 foizini mashqlarning 20 foizi hal qiladi. Ya’ni turli xil mashqlardan ko‘ra ahamiyatli mashg‘ulotlarga vaqt ajratish maqsadga muvofiq. Savdogarlar tilida aytadigan bo‘lsak, savdoning 80 foizi 20 foiz xaridor hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu mijozlarga diqqatni qaratish – savdo hajmini oshiradi.

Siz ham hayotda natijaning 80 foizini olib keladigan sa’y-harakatlarning 20 foizini aniqlab oling. Sinchkovlik, ichki sezgi va tahlil bunda sizga yordam beradi.

Ish jarayonida tanaffus qiling.

Olib borilgan ilmiy kuzatish va tadqiqot natijalariga ko‘ra, siz 52 daqiqa ishlab, 17 daqiqa tanaffus qilishingiz kerak. To‘g‘ri, bunday dam olish bir oz shohona tuyilishi mumkin. Biroq biz chindan ham tanaffuslarga muhtojmiz. Natijada ruhiy, hissiy va jismoniy holatimiz o‘z me’yorida bo‘lar ekan. Bunday tanaffuslarda jismoniy faol bo‘lish maqsadga muvofiq. Shifokorlar sog‘lom bo‘lish uchun ish kunida 10 ming qadam masofani bosishni maslahat berishmoqda.

“Virtual olam” uchun aniq vaqtni belgilang.

Internet, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar bizning diqqatimizni chalg‘itayotgan hamda vaqtning zoe ketishiga sabab bo‘layotgan xavfli ta’sirga aylanib ulgurdi. Smartfondan foydalanish vaqti uzayib, uni qo‘lga olishning oralig‘i tobora qisqarib bormoqda.

Siz elektron pochta va messenjerlarni ko‘zdan kechirish uchun kunning muayyan vaqtini belgilab oling. Aks holda, daqiqalar soatlarga ulanishi va bu holat ish rejasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Hayotingizda tub burilish yasaydigan odatlarni rivojlantiring.

Jurnalist Charlz Duhigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan odat va ko‘nikmalar, qiziqishlar bo‘lishini yozadi. Bu odat nafaqat odamdagi boshqa jihatlarni birlashtiradi, shuningdek, uni yomon illat va harakatlardan ham tiyadi. Kimdir mehribon, kimdir mulohazali, yana kimdir g‘ayratli, boshqa kimdir sabr-toqatli.

Erta uyg‘oning, shukur qilishni unutmang, tabassum qiling, sog‘lom ovqatlaning, pulni tejash va pul tikishni o‘rganing, sayr qiling, yoqimli musiqa tinglang, yangi biror nimani o‘rganing, tashkilotchi bo‘ling, doim yaxshilikdan umid qiling.

Talabalik yillarimda Hindistonning Javoharla’l Neru Universitetida Mahatma Gandining ushbu so‘zlarini o‘qib, uni qoidalarimdan biriga aylantirgan edim: “Hayotni ertaga tark etadigandek yasha. Bir umr yashaydigandek o‘qi”.

Ushbu maqolaning 3-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →