TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6422 4.61K
#mulohaza_uchun

⏱ VAQTNI MUNOSIB TAQSIMLASH – MARRANING YARMI (1-qism)

Xitoy falsafasiga ko‘ra, inson vaqtni yaratishi mumkin ekan. Kimningdir “vaqtim yo‘q”, “ilojsizman” deyishi, aslida “men buni xohlamayapman” degani. Vaqt – bu hayotdagi bor-budimiz. Hech nimasiz qolgan odamning ham hali vaqti bo‘ladi.

Hayotni munosib yashash istagida bo‘lgan insondan talab qilinadigan ko‘nikmalardan biri – vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish fazilati. Vaqtning noto‘g‘ri taqsimlanishi ishda va hayotda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun to‘siqdir.

Baxtga qarshi, so‘nggi yillarda vaqt ajratish lozim bo‘lgan ishlar soni muntazam ortib bormoqda. Har birimizda vaqt mashinasining borligi, uning yordamida kimdir xotiralar bilan o‘tmishga, kimdir esa orzular bilan kelajakka sayohat qilishini qaerdadir o‘qigan edim.

Hayotdagi muhim haqiqatlardan biri shuki, vaqt – buyuk tarozi. Kim bo‘lishingiz va yoshingiz, daromadingiz va e’tiqodingizdan qat’i nazar vaqtingiz chegaralangan. Shuning uchun hayotda qancha vaqtning borligi emas, uni qanday sarflashning ahamiyati muhim.

Modomiki maqsadga erishishga jiddiy kirishgan bo‘lsangiz, ularni nafaqat to‘g‘ri belgilab olish, balki sizni bu yo‘ldan chalg‘ituvchi omillar va odatlardan voz kechishga ham to‘g‘ri keladi. Qanday qilib? Buning uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga xizmat qiladigan munosib tizimni ishlab chiqish va unga amal qilish lozim.

Vaqtni qanday qilib samarali taqsimlash mumkin?

Zarur ishning kerakli vaqtda qilinmasligi – muvaffaqiyatsizlikning bosh sababi. Juda band odam ham vaqtni taqsimlashda donolik qilsa, muvozanatni saqlashi, salomatligi yoki hayotini himoya qilishi mumkin.

Hayot hamda vaqt o‘rtasidagi muvozanat buzilsa, odam tushkunlikka tushadi. Garchi sizda o‘z vazifangizni samarali bajarish imkoni bo‘lsa ham, muvozanatsiz odam oxir-oqibat tanazzulga yuz tutadi.

Bizga berilgan 24 soat oila va farzandlar, ota-ona, turmush o‘rtoq, kasbiy hamda shaxsiy qiziqishlarimiz o‘rtasida teng taqsimlanishi lozim. Misol uchun, xiyobonda yolg‘iz yayov yurish, yoqimli musiqani tinglash yoki sevimli mashg‘ulot uchun vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, vaqtimiz chegaralangan, biroq munosib yashalsa, shu ham kifoya qiladi.

Quyida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash borasida ayrim tavsiyalarni hukmingizga havola qilmoqchiman. To‘g‘ri, bular nisbiy va umumiy, har kim unga ko‘ra o‘zining shaxsiy vaqt taqsimoti tizimini ishlab chiqishi mumkin.

Vaqtingizni 7 kunga taqsimlang.

Qarshingizda turgan yetti kun yoki bir oyda nimalarga ulgurish kerak? Kundalik yoki smartfoningizga 30 daqiqa, 1 soatlik qismlardan iborat rejalarni belgilab oling. So‘ng har kun yakunida bu bo‘limlardagi vazifalar natijasini yozing. Vazifalarni “kerak” yoki “nokerak” toifalar bo‘yicha belgilash mumkin.

Katta hafsala kerak, to‘g‘rimi? Biz odatda bunga o‘rganmaganmiz. Biroq, muvaffaqiyatli odamlar keyingi 5 daqiqada nima bilan mashg‘ul bo‘lishlarini belgilab olar ekanlar.

Tongni meditatsiya yoki jismoniy mashq bilan qarshi oling.

Garchi vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga daxldor bo‘lmasa ham, tonggi faollik kundalik muvozanat uchun ayni muddao. Buning oqibatida tanadagi zararli moddalar chiqib ketadi, quvvatni yo‘naltirish, chidam va bardoshli bo‘lish hamda aqliy-ruhiy holatda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Ushbu maqolaning 2-qismi | 3-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →