TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5584 9.8K
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (3-qism)

• F9 — barcha ochilgan ishchi kitoblaridagi barcha ishchi listlari qiymatlarini (qayta) hisoblaydi;
– SHIFT + F9 birikmasi faol list tarkibidagi qiymatlarni (qayta) hisoblaydi;
– CTRL + F9 birikmasi ishchi kitobi oynasini dastur belgisiga qaratib tushirib qo‘yadi (Свернуть);
– CTRL + ALT + SHIFT + F9 birikmasi bir-biriga bog‘liq formulalarni tekshiradi, so‘ngra barcha ochilib turgan ishchi kitoblaridagi yacheykalar qiymatlarini qayta hisoblaydi.

• F10 — klavishlar eslatmasini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish (ALT klavishi harakati bilan o‘xshash);
– SHIFT + F10 birikmasi tanlangan element uchun kontekstli menyuni aks ettiradi;
– ALT + SHIFT + F10 birikmasi Поиск ошибок tugmasi uchun menyu yoki xabarni aks ettiradi;
– CTRL + F10 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasini to‘liq ekranga yoyadi yoki joriy o‘lchamini tiklaydi.

• F11 — alohida listda diagramma yaratish;
– SHIFT + F11 birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shadi;
– ALT + F11 birikmasi makros yaratish mumkin bo‘lgan Microsoft Visual Basic muharririni ekranga chaqiradi.

• F12 — Сохранить как oynasini aks ettirish.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌
1-qism | 2-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →