TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4432 57K
#excel

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 🚀

1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.

2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• 15 лучших трюков от Павла Когана
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →