TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5564 12.6K
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

• F1 — Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
– CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
– ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
– ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

• F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
– SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
– CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

• F3 — Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
– SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

• F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
– CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
– ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →