Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash 🗓
Xodimlar bo‘limi mutaxassislari, loyiha menejerlari va shunchaki rahbarlarda doimiy yuzaga keladigan masala – sanalar o‘rtasidagi ishchi kunlarini, dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olgan holda hisoblashdir.
Buning uchun Excel'da ajoyib funksiya mavjud — ЧИСТРАБДНИ.
Ushbu funksiya atributlari quyidagicha:
=ЧИСТРАБДНИ(нач_дата; кон_дата; [праздники])
— нач дата – (начальная дата) ishchi kunlar hisoblanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich sana;— кон дата – (конечная дата) ishchi kunlarni hisoblash uchun yakuniy sana.
— [праздники] – majburiy bo‘lmagan atribut.
Agar so‘nggi atributdan foydalanmasangiz, formula shunchaki shanba va yakshanbalarsiz kunlar miqdorini hisoblab beradi.
Agar bayramlar va qo‘shimcha dam olish kunlarini biror yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga havola ko‘rinishida ko‘rsatsangiz, u holda rasmiy va norasmiy dam olish kunlarini ham hisobga olish lozimligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lasiz.
🎞 Batafsil ma’lumotni post ostiga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• КОНМЕСЯЦА funksiyasi
• РАЗНДАТ funksiyasi
• ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash
• Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash
• Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?
• Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?
• Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija