TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4836 10.8K
#excel

Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin? 📆

Dastlab tug‘ilgan sanangizni B1 yacheykasini kiriting, so‘ngra quyidagi funksiyalarni qo‘llab ko‘ring:

=ТЕКСТ(B1;"ДДДД") — siz tavallud topgan hafta kuni;

=СЕГОДНЯ()-B1 — tug‘ilgan sanangizdan buyon nechi kun o‘tgani;

=(СЕГОДНЯ()-B1)*1440 — tug‘ilgan sanangizdan buyon necha daqiqa o‘tgani;

=B1+15000 — qaysi sanada siz, masalan, 15000 kunga yetasiz.

B1'ning o‘rniga siz tug‘ilgan sanani boshqa istalgan yacheykaga ham kiritishingiz mumkin, bunda joriy manzilni formulada o‘sha yacheyka manziliga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
• MS Excel dasturida xatolik turlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →