TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4950 17.5K
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (1-usul) 🧾

Excel'da SHIFT klavishini bosib turgan holda, sichqoncha bilan siljitish yordamida ustunlar o‘rnini almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda siljitilishi lozim bo‘lgan ustunning ma’lumotlar diapazonini belgilaymiz.

— 2-qadam
SHIFT'ni bosib turgan holda kursorni belgilangan diapazonning chegarasiga olib boramiz va shakli turli tomonga qaratilgan strelka ko‘rinishini olgunga qadar kutamiz (rasmda ko‘rsatilgan).

— 3-qadam
SHIFT klavishini avvalgiday ushlab turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosamiz, ustunni kerakli joyga siljitamiz, tayyor.

👉🏻 2-usul

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
• Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
• Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →