TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1896 3.59K
​​#bilasizmi #excel

📊 Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi 😯

Twitter’da Golem ota taxallusi ostida qayd qilingan foydalanuvchi jadvallar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Excel dasturining barcha – 17 mlrd 179 mln 869 ming 184 ta katagini to‘ldirib chiqdi. U buni amalga oshirish uchun 2 yil vaqt sarflagan.

Foydalanuvchining aytishicha, u barcha kataklarni maxsus skript (dastur) qo‘llamagan holda qo‘lda to‘lg‘azib chiqqan. Foydalanuvchi buning uchun barcha ustunlar va qatorlarni raqamlab chiqqan, so‘ngra ularning qiymatlarini ko‘paytirib, mos katakka kiritgan. Xabarovsklik blogerning xabarda ma’lum qilishicha, u buni “shunchaki qiziqish” sababli amalga oshirgan.

Natijada u yaratgan fayl 200 megabaytdan kattaroq chiqqan va uni ochish uchun naq 10 daqiqa kutish kerak bo‘ladi.

Excel dasturida hammasi bo‘lib 1048576 ta qator va 16384 ta ustun mavjud.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →