TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4514 13.9K
#bilasizmi #internet

720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor? 🤔

1️⃣. 720p

Bunda tasvir kattaligi eniga 1280, bo‘yiga esa 720 ta pikseldan iborat bo‘ladi.
Aslida, HD (yuqori tiniqlik) formati bo‘lgan 720p video kontent rezolyusiyasi, videokameraning tasvir yozish imkoniyati hamda displeyning piksel o‘lchamlarini ham ifodalaydi. 720p, tabiiyki, 1080p'dan quyiroq rezolyusiya hisoblanadi va undan ko‘ra kamroq detalga ega bo‘ladi.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

2️⃣. 1080p

1080p rezolyusiyaga ega videoda tasvir eniga 1920, bo‘yiga esa 1080 ta pikseldan tarkib topgan bo‘ladi. Ba’zi hollarda 1080p rezolyusiyasi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displeylarni ham ifodalaydi. Rasmlar haqida gap ketganda 1080p'ga ko‘zingiz tushsa, bu 2 megapikselni anglatayotgan bo‘ladi.

O‘QING: Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?

3️⃣. 4K

4K formatdagi tasvir eniga 3840, bo‘yiga 2160 ta pikseldan iborat bo‘ladi. Video yozuv, video kontent va displeyga oid termin sifatida 4K'ni yana Ultra HD (UHD) deyish ham mumkin. “4K” atamasi tasvirning eniga joylashgan piksellari sonidan olingan. Biroq 720p va 1080p'larning nomlanishi tasvirdagi bo‘yiga joylashgan piksellar miqdoridan kelib chiqqan. 1080p bilan taqqoslaganda, 4K ham bo‘yiga, ham eniga ikki karra ko‘proq detalga ega. Megapiksel haqida gap ketganda, 4K 8 megapiksel bo‘ladi.

4K'dan keyingi kattalikdagi rezolyusiya esa 8K. Bu haqda keyingi maqolalarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →