Enterprise Uzbekistan “Founding Contributors” tashabbusi doirasida xalqaro texnologik kompaniyalar, startaplar, investorlar va soha ekspertlarini Xalqaro raqamli texnologiyalar markazining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqishda ishtirok etishga taklif etmoqda.
Markaz faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat (Center Acts) ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Maxsus onlayn platforma orqali ishtirokchilar hujjatlar loyihalari bilan tanishishi, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini taqdim etishi mumkin.
Asosiy yo‘nalishlar qatorida innovatsion mahsulotlarni belgilangan huquqiy mexanizm doirasida real sharoitlarda sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi Regulatory Sandbox hamda sun’iy intellektni (AI) tartibga solish masalalari mavjud. Texnologik kompaniyalar, startaplar, investorlar va soha ekspertlari hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish orqali Markazning huquqiy bazasini shakllantirishda qatnashishlari mumkin.
Founding Contributors tashabbusi global texnologik hamjamiyatga tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish va biznes uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirishda bevosita ishtirok etish imkonini beradi.
🌐 Yangi texnologik yurisdiksiya qoidalarini shakllantirishda o‘z hissangizni qo‘shing!
💬 Hujjatlar loyihalari bilan tanishing va takliflaringizni yuboring: https://enterprise-gov.vercel.app/
👉 Yanada batafsil: it-park.uz
—
🟩 Enterprise Uzbekistan Invites Tech businesses to Shape the Center’s Legal Framework
Through the Founding Contributors initiative, Enterprise Uzbekistan invites international technology companies, startups, investors, and experts to contribute to the development of the regulatory framework of the International Digital Technology Center.
More than 50 regulatory acts (Center Acts) are planned. A dedicated online platform allows participants to review draft regulations and submit feedback.
Key areas include the Regulatory Sandbox, designed to enable real-world testing of innovative products under a defined legal framework, and artificial intelligence (AI) regulation. Technology companies, startups, investors, and industry experts are invited to review the draft acts and submit their feedback and proposals to shape the Center’s regulatory framework.
The Founding Contributors initiative offers the global tech community an opportunity to help refine regulatory mechanisms and shape a business-friendly legal environment.
🌐 Contribute to shaping the rules of a new technology jurisdiction!
💬 Review drafts and submit feedback: https://enterprise-gov.vercel.app/
👉 Read more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
