TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.8K subscribers
Post #21671 1.63K
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida IT-hamkorlikning yangi bosqichi

IT Park Uzbekistan bosh direktorining maslahatchisi Abdulahad Kuchkarov va Yaponiyaning Digital Knowledge Co., Ltd. kompaniyasi asoschisi hamda bosh direktori Hiroaki Haga texnologiya, investitsiya va IT-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda yapon IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, mahalliy startaplarning Yaponiya bozoriga chiqishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, data-markazlar va robototexnika yo‘nalishlarida yirik investitsiya loyihalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yana bir muhim yo‘nalish — Yaponiya bozori talablariga mos IT-mutaxassislarni tayyorlash, yapon tilini o‘qitishni kengaytirish va ular uchun yangi ish imkoniyatlarini yaratish.

🤝 Hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri — 2025-yil may oyida Tokioda IT Park Uzbekistan vakolatxonasining ochilishi hisoblanadi.


Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida texnologik biznes, investitsiyalar va IT-ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

👉 Yanada batafsil: it-park.uz

—

🇺🇿🇯🇵 Uzbekistan and Japan Enter a New Phase of IT Cooperation

Abdulakhad Kuchkarov, Advisor to the CEO of IT Park Uzbekistan, and Hiroaki Haga, Founder and CEO of Japan’s Digital Knowledge Co., Ltd., discussed expanding cooperation in technology, investment, and IT talent development.

The discussions focused on attracting Japanese IT companies to Uzbekistan, supporting Uzbek startups entering the Japanese market, and exploring major investment opportunities in data centers, robotics, and other strategic technology sectors.

Another priority is developing IT professionals equipped for the Japanese market, strengthening Japanese-language training, and creating new employment opportunities.

🤝 A key milestone in the partnership was the opening of IT Park Uzbekistan’s representative office in Tokyo in May 2025.


The cooperation aims to strengthen business connections, expand investment opportunities, and build a skilled talent pipeline between Uzbekistan and Japan.

👉 Read more: outsource.gov.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 2
More from @itpark_uz
  1. Oct 11, 2026🌷 Qizlar ta’limi — otalar nigohida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan bu ma…
  2. Oct 10, 2026🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! O‘zbekistondagi ba…
  3. Oct 10, 2026🇺🇿🇫🇷 Fransuz IT kompaniyalarini O‘zbekistonda qanday imkoniyatlar kutmoqda? 9-oktabr k…
  4. Oct 10, 2026🟩 Enterprise Uzbekistan texnologik kompaniyalarni Markazning huquqiy bazasini shakllantir…
  5. Oct 9, 2026🌍 Talaba qiz universitetdagi muammoni IT-yechimga qanday aylantirdi? O‘zbekiston davlat j…
  6. Oct 9, 2026🇮🇩 Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 — O‘zbekiston startaplari Indoneziya bozorida yang…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →