Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 tadbirida 45 dan ortiq kompaniya vakillari IT Park Uzbekistan imkoniyatlari va O‘zbekiston startaplarining texnologik yechimlari bilan tanishdi.
🚀 Tadbir davomida qanday natijalarga erishildi?
🔵Sino AI Indoneziyaning sog‘liqni saqlash sohasidagi 3 ta kompaniyasi bilan potensial hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi;
🔵Indoneziyadagi go-to-market akseleratori bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
🔵APTIKNAS bilan biznes missiyalar, AI-mutaxassislar va Soft Landing imkoniyatlari muhokama qilindi. IT Park Uzbekistan Bali Tech Week 2026 tadbiriga taklif etildi;
🔵PIKOM va VINASA bilan Soft Landing va bozorga kirish dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
🤝 Shuningdek, Indoneziya AI assotsiatsiyasi, KADIN va Digital Talent Accelerator vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston startaplari uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqish, yangi mijozlar va strategik hamkorlar topish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
🖥 Batafsil saytimizda
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website





