✨ IT Park Uzbekistan va Tenity startaplarni rivojlantirish va xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Bosh direktori Azamat Karamatov Tenity’ning Janubiy Yevropa va MENA mintaqasi bo‘yicha direktori Sabina Babayeva bilan uchrashib, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muloqot davomida fintex va SI-startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga, investorlar, korporativ hamkorlar va soha ekspertlariga chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik startaplarni Tenity’ning global investitsion va institutsional tarmog‘iga ulash, ularning investitsiyaga tayyorligini oshirish hamda xalqaro moliyaviy va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
👉 Batafsil: it-park.uz
—
✨ IT Park Uzbekistan and Tenity explore cooperation in startup development and international expansion
During ICT WEEK Uzbekistan 2026, Azamat Karamatov, CEO of IT Park Uzbekistan, met with Sabina Babayeva, Director of Tenity for Southern Europe and the MENA region, to discuss opportunities for cooperation in supporting startups, fostering innovation, and strengthening international connections.
The conversation focused on potential support for fintech and AI startups, including access to international markets, investors, corporate partners, and industry expertise.
The parties also explored opportunities to connect Uzbek startups with Tenity’s global investment and institutional network, strengthen investment readiness, and facilitate potential collaboration with international financial and technology companies.
👉 Read more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #21534
1.42K



- 🔥 3
- 👏 3