TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21558 866
✨ Gonkong startaplari O‘zbekistondagi texnologiyalar bozori va biznes imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Hong Kong Science and Technology Park (HKSTP) va uning 4 ta startapidan iborat delegatsiya O‘zbekiston texnologik ekotizimi bilan tanishdi hamda mahalliy kompaniyalar va tashkilotlar bilan biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida delegatsiya Startup & Venture Summit, Enterprise Uzbekistan Summit, StartupBlink Side Event, Digital Product Workshop va “Unlock Uzbekistan” Workshop kabi tadbirlarda ishtirok etdi. HKSTP vakili Ankit Sethi “Unlock Uzbekistan” sessiyasida spiker sifatida qatnashib, o‘zbekistonlik startaplar bilan tajriba almashdi.

🤝 HKSTP startaplari Uzinfocom, TATU, IT Park Ventures, Startup Garage, Ilgʻor texnologiyalar markazi, Toshkent shahar hokimligi va Enterprise Uzbekistan vakillari bilan uchrashuvlar va tashriflar o‘tkazdi. Muloqotlar davomida O‘zbekiston bozorini o‘rganish, potensial mijoz va hamkorlarni aniqlash hamda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🚀 Tashrif natijasida tomonlar o‘rtasida market entry, soft-landing, SI va R&D yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari belgilandi. IT Park Uzbekistan mamlakatimizda faoliyat boshlash va biznesini rivojlantirishdan manfaatdor HKSTP startaplarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

—

✨ Hong Kong startups explored the technology market and business opportunities in Uzbekistan

As part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, a delegation from Hong Kong Science and Technology Park (HKSTP) and four HKSTP startups explored Uzbekistan’s technology ecosystem and opportunities to establish business connections with local companies and institutions.

During the visit, the delegation participated in Startup & Venture Summit, Enterprise Uzbekistan Summit, StartupBlink Side Event, Digital Product Workshop and the “Unlock Uzbekistan” Workshop. Ankit Sethi, representing HKSTP, joined the latter as a speaker and shared insights with Uzbek startups.

🤝 The HKSTP startups also met with representatives of Uzinfocom, TUIT, IT Park Ventures, Startup Garage, Center for Advanced Technologies, Tashkent City Administration and Enterprise Uzbekistan. The meetings focused on understanding the local market, identifying potential customers and partners, and exploring business opportunities in Uzbekistan.

🚀 As a result of the visit, opportunities to develop cooperation between the parties in the areas of market entry, soft-landing, AI, and R&D were identified. IT Park Uzbekistan will continue to support HKSTP startups interested in launching operations and developing their businesses in our country.

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 2
  • ❤ 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 29, 2026🥇 500 Global President Tech Award 2026'ning Rasmiy Hamkori Global venchur kapital kompani…
  2. Sep 29, 2026🇺🇿🇮🇩Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 — Indoneziya bozoriga chiqish uchun yangi imkon…
  3. Sep 29, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Princeville Capital O‘zbekistondagi hamkorlik imkoniyatlarini muho…
  4. Sep 29, 2026✨ IT Park Uzbekistan va HKSTP startaplar, SI va R&D yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirm…
  5. Sep 29, 2026✨ IT Park Uzbekistan va ICT BULUT BILISIM O‘zbekistonda bulutli infratuzilmani rivojlantir…
  6. Sep 28, 2026Post #21547
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →