✨ IT Park Uzbekistan va HKSTP startaplar, SI va R&D yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirmoqda
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Hong Kong Science and Technology Park (HKSTP) startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ekotizimlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, sun’iy intellekt va R&D yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
ICT WEEK Uzbekistan 2026da HKSTP ekotizimiga kiruvchi to‘rtta startap ishtirok etdi. Ular Uzinfocom, Uztelecom va TUIT vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, potensial hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Shuningdek, O‘zbekiston startaplarining Gonkongga tashriflarini tashkil etish, ularni HKSTP ekotizimi, texnologik kompaniyalari va innovatsion infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
IT Park Uzbekistan va HKSTP o‘rtasidagi hamkorlik 2026-yil iyul oyida imzolangan memorandum asosida rivojlanmoqda. Bugungi kunda HKSTP ekotizimi 26 mamlakatdan 2 400 dan ortiq texnologik kompaniya va 17 000 dan ziyod R&D mutaxassislarini birlashtiradi.
👉 Batafsil: it-park.uz
—
✨ IT Park Uzbekistan and HKSTP expand cooperation in startups, AI and R&D
During ICT WEEK Uzbekistan 2026, IT Park Uzbekistan and the Hong Kong Science and Technology Park (HKSTP) discussed opportunities to support startups entering new markets, strengthen connections between innovation ecosystems, and expand cooperation in AI and R&D.
Four startups from the HKSTP ecosystem participated in ICT WEEK Uzbekistan 2026 and held meetings with Uzinfocom, Uztelecom and TUIT. The parties also explored opportunities for Uzbek startups to visit Hong Kong, connect with HKSTP companies, and gain exposure to its technology ecosystem.
Cooperation between IT Park Uzbekistan and HKSTP has been developing since the signing of an MoU in July 2026. Today, the HKSTP ecosystem brings together more than 2,400 technology companies from 26 countries and over 17,000 R&D professionals.
👉 Read more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #21549
1.36K




- ❤ 4
- 🔥 1