TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21169 1.07K
AI ta’limi yangi bosqichda: 1,3 million ishtirokchi va yangi imkoniyatlar

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Digital Education Forum 2026: Threats of AI on Education and Employment forumida IT Park Uzbekistan’ning AI va R&D rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Umida Odilova “Join the AI Game” taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Taqdimot davomida O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim olish, yangi ko‘nikmalarni egallash va AI sohasida rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar taqdim etildi.

🤖 “5 Million AI Leaders” dasturi doirasida AI, machine learning, cloud va data yo‘nalishlaridagi bepul onlayn kurslarga bugunga qadar 1,3 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, mamlakat bo‘ylab universitetlarda AI laboratoriyalari rivojlantirilmoqda, “Al-Khwarizmi Successors” dasturi doirasida esa 8 ming nafar o‘quvchi AI va dasturlash bo‘yicha ta’lim oldi yoki hozirda o‘qishni davom ettirmoqda.

Xalqaro hamkorlar bilan ham yangi imkoniyatlar kengaymoqda. AWS Academy 10 dan ortiq universitetda yo‘lga qo‘yilib, yiliga 2 mingdan ortiq talabani AI, machine learning, cloud, data va cybersecurity yo‘nalishlarida tayyorlashni nazarda tutadi. Samsung Innovation Campus esa AI, Big Data, IoT va dasturlash yo‘nalishlarida amaliy ta’lim imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Jahon banki ko‘magidagi Digital Inclusion loyihasi orqali dastlab 400 nafar ishtirokchi bepul ta’lim oldi. Endilikda 600 kishilik yangi bosqich ishga tushirilmoqda: Toshkentda AI va machine learning, Farg‘onada game development, Namanganda 2D/3D modeling, Samarqandda esa cloud engineering yo‘nalishlari bo‘yicha.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonda AI bo‘yicha ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirib, yoshlar va mutaxassislar uchun zamonaviy ko‘nikmalarni egallash hamda global texnologik bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.



AI education enters a new stage: 1.3 million learners and expanding opportunities

As part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, during the Digital Education Forum 2026: Threats of AI on Education and Employment, Umida Odilova, Head of AI and R&D Development at IT Park Uzbekistan, delivered a presentation titled “Join the AI Game.”

The presentation highlighted the opportunities currently available in Uzbekistan for learning AI, building new digital skills, and developing expertise in emerging technologies.

🤖 Under the “5 Million AI Leaders” program, free online courses in AI, machine learning, cloud, and data are now available nationwide, with 1.3 million people already registered.

AI education infrastructure is also expanding across universities, while the Al-Khwarizmi Successors program has already engaged 8,000 students in AI and programming education.

International partnerships are further broadening access to advanced training. AWS Academy is being introduced across more than 10 universities and is expected to train over 2,000 students annually in AI, machine learning, cloud, data, and cybersecurity. Samsung Innovation Campus is also providing practical learning opportunities in AI, Big Data, IoT, and programming.

Through the World Bank-supported Digital Inclusion project, 400 participants have already received free training. A new batch for 600 participants is now being launched, covering AI and machine learning in Tashkent, game development in Fergana, 2D/3D modeling in Namangan, and cloud engineering in Samarkand.

Together, these initiatives are expanding access to AI education in Uzbekistan, helping students and professionals build future-ready skills and opening new opportunities to compete and grow in the global technology landscape.

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
More from @itpark_uz
  1. Sep 23, 2026ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures va HAYOT VENTURES…
  2. Sep 23, 2026🎙 Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba muhokama qilindi Global Sta…
  3. Sep 23, 2026Post #21188
  4. Sep 23, 2026Ikki bozor — yagona texnologik ko‘prik: O‘zbekiston va Ozarbayjon ICT WEEK Uzbekistan 2026…
  5. Sep 23, 2026🌱 Global Startup Ecosystem Awards doirasidagi panel sessiyasi boshlandi ICT WEEK Uzbekist…
  6. Sep 23, 2026🏆 Global Startup Ecosystem Awards 2026: dunyoning rivojlanayotgan ekotizimlari e’tirof et…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →