TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21185 717

Forwarded from StartupBase

Ikki bozor — yagona texnologik ko‘prik: O‘zbekiston va Ozarbayjon

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi huzuridagi High Technologies Park Azerbaijan ikki mamlakat IT-kompaniyalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi.

Tomonlar o‘zbek va ozarbayjon texnologik kompaniyalari uchun yangi bozorlarga chiqishda infratuzilmaviy ko‘mak ko‘rsatish, ularning mahalliy texnologik ekotizimga integratsiyalashuvi va yangi bozorda faoliyatini yo‘lga qo‘yishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.

🚀 Hamkorlik doirasida High Technologies Park Azerbaijan o‘zbek startaplarining NEXUS dasturida ishtirok etish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. IT Park Uzbekistan esa Ozarbayjon startaplarini 2027-yildan ishga tushiriladigan Land of Startups dasturida qatnashishga taklif etadi.

Land of Startups xalqaro founderlar uchun O‘zbekistonda o‘z loyihalarini rivojlantirish, mahalliy ekotizimga kirish va yangi bozor imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan dastur bo‘ladi. Ozarbayjon startaplarining ushbu dasturda ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik almashinuvni yanada kengaytirishi kutilmoqda.


🤝 Hamkorlik, shuningdek, market-entry dasturlari, texnologiyalar transferi, ishlanmalarni tijoratlashtirish va ekspertiza almashinuvini qamrab olib, O‘zbekiston va Ozarbayjon texnologik kompaniyalari, startaplari hamda investorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • ❤ 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 23, 202623-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida biz istiqbolli startap asoschilari va i…
  2. Sep 23, 2026ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Ventures va We Fund Ventures venchur fondi hamk…
  3. Sep 23, 2026#Fakt24 | 23.09.2026 Xalqaro investorlar: O‘zbekiston – startaplar mamlakati mtrk.uz | Ins…
  4. Sep 23, 2026✨ ICT Week Uzbekistan 2026 va OTS Technology Forum doirasida IT Park Ventures hamda Turkiy…
  5. Sep 23, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Tech & Service Outsourcing Conference bo‘lib o‘tdi Ta…
  6. Sep 23, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Cyberport texnologiyalar va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha h…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →