Global Startup Ecosystem Awards by StartupBlink doirasida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Gruziya, Moldova va mintaqaviy venchur ekotizimi vakillari startaplarni qo‘llab-quvvatlashning samarali modellari, infratuzilma, mentorlik va davlatning roli haqida fikr almashdi.
👥 Panel ishtirokchilari:
🔵Aleksandra Ilieska — StartupBlink ekotizim loyihalari menejeri (moderator)
🔵Iroda Azimova — IT Park Uzbekistan startap va venchur ekotizimini rivojlantirish departamenti rahbari
🔵Natia Giorgadze — GITA innovatsion hamjamiyatni rivojlantirish departamenti rahbari
🔵Sabina Babayeva — Tenity hub rahbari
🔵Veronika Tarus — Startup Moldova startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishi rahbari
🇺🇿 Iroda Azimova IT Park Uzbekistan tajribasi haqida gapirib, mamlakat bo‘ylab 14 ta hududiy filial, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, xorijdagi vakolatxonalar va startap hablar yagona tizim sifatida ishlayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Navoiyda barpo etilayotgan yirik R&D markazi startaplarga laboratoriyalar, mentorlik, IP va ilmiy konsultatsiya hamda R&D xarajatlarining bir qismini qoplash imkoniyatlarini taqdim etishi aytildi.
🇬🇪 Natia Giorgadze Gruziyada 500 Global, Startup Grind, Founder Institute va Startupbootcamp kabi xalqaro akseleratorlar jalb qilingani, founderlar uchun yuqori darajadagi mentorlik, moliyalashtirish va global aloqalarga kirish imkoniyati yaratilayotganini qayd etdi. Shuningdek, innovatsion startap maqomi orqali soliq va boshqa imtiyozlar berilishi haqida so‘z bordi.
💸 Sabina Babayeva mintaqadagi startap ekotizimlari tobora yetilayotganini ta’kidlab, ayniqsa fintech yo‘nalishidagi o‘sish, hukumat, universitetlar, korporatsiyalar va investorlarning birgalikdagi ishtiroki muhim ekanini qayd etdi. U O‘zbekistonning mintaqadagi texnologik hamjamiyatlarni bir joyga jamlayotganini ham alohida ta’kidladi.
🇲🇩 Veronika Tarus esa Moldova tajribasida ekotizimdagi barcha ishtirokchilarni xaritalash, resurslarni takrorlamasdan taqsimlash va deep tech, AI, texnologiyalar transferi hamda moliyalashtirish kabi yo‘nalishlarni yagona strategiya asosida rivojlantirish muhimligini aytdi.
🌍 Panelning asosiy xulosalaridan biri shuki, kuchli startup ekotizimi faqat infratuzilma bilan emas, balki mentorlar, kapital, universitetlar, davlat, korporatsiyalar va xalqaro aloqalarni bir tizimga bog‘lash orqali shakllanadi.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website




