TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21053 817

Forwarded from StartupBase

💸 IT Park Ventures oltita texnologik startapga yangi investitsiyalarni e’lon qildi

22-sentabr kuni Startup & Venture Summit doirasida oltita texnologik startapga investitsiya cheklari topshirildi. Bigmart, ORA, Layf, Q.Watt va UrbanDrive IT Park Ventures investitsiyasini oldi, Tezbor esa Digital Startups 1+1 dasturi doirasida moliyalashtirildi.

🚀 Investitsiyalar korporativ xaridlar, marketing texnologiyalari, e-commerce, avtomobil bozori va logistika yo‘nalishlaridagi loyihalarni qamrab oldi.

💰 Bigmart — $100 ming
B2B korporativ xaridlar marketplace’i. Platformada 40 mingdan ortiq mahsulot mavjud. Investitsiya mahsulotni rivojlantirish, savdo jamoasini kengaytirish va AI-assistentni joriy etishga yo‘naltiriladi.

🤖 ORA — $150 ming
Brendlar uchun influencer va UGC-kampaniyalarni avtomatlashtiruvchi AI-platforma. ORA tarmog‘ida 30 mingdan ortiq kontent yaratuvchi bor. Bundan tashqari, loyiha IT Park Ventures ko‘magida mahalliy venchur fonddan yana $50 ming jalb qilgan.

🛒 Layf — $100 ming
Markaziy Osiyo va Kavkazda internet-do‘konlar, yetkazish xizmatlari va superapp’larni ishga tushirish uchun platforma. Layf avval ham Digital Startup Awards doirasida $50 ming SAFE-investitsiya olgan, shuningdek, yana $50 ming mahalliy venchur investitsiyasini jalb qilgan.

Q.Watt — investitsiya summasi oshkor etilmagan
O‘zbekistondagi powerbank sharing bozorining yirik tarmoqlaridan biri. Hozirda xizmat 4 900 dan ortiq stansiya, 97 ming oylik faol foydalanuvchi va 1 500 velosipedga ega.

🚗 UrbanDrive — $100 ming
Avtomobil sotib olish va sotish jarayonini raqamlashtiruvchi platforma. Bundan tashqari, Yoshlar Ventures ham UrbanDrive’ga $100 ming investitsiya kiritgan.

📦 Tezbor — $100 ming
AI asosidagi logistika platformasi. Investitsiya Digital Startups 1+1 dasturi doirasida berildi. Tezbor 500 dan ortiq mijoz bilan ishlaydi va O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Daniyada faoliyat yuritadi.


🌎 Yangi investitsiyalar startaplarning mahsulotlarini rivojlantirish, jamoalarni kengaytirish va mahalliy bozordan mintaqaviy hamda xalqaro masshtablashga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi.

🔥 Jonli efirga o‘tish

#ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • ❤ 3
  • 🔥 2
More from @itpark_uz
  1. Sep 22, 2026✨ How was the First Day of ICT WEEK 2026? Central Asia’s largest technology event opened i…
  2. Sep 22, 2026✨ ICT WEEK 2026’ning birinchi kuni qanday o‘tdi? 22-sentabr kuni Toshkent shahrida Markazi…
  3. Sep 22, 2026🚀 IT Park Uzbekistan va Upvisor Global Yevropa bozoriga chiqish bo‘yicha hamkorlik memora…
  4. Sep 22, 2026✨ Markaziy Osiyo va Kavkazning AI readiness natijalari ICT WEEK Uzbekistan’da taqdim etild…
  5. Sep 22, 2026#Fakt24 | 22.09.2026 Xalqaro ekspertlar: O‘zbekiston — startaplar mamlakati mtrk.uz | Inst…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →