22-sentabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi yirik texnologik tadbirlardan biri — ICT WEEK 2026 o‘z ishini boshladi. To‘rt kun davom etadigan tadbirlar dasturidan ICT Expo ko‘rgazmasi, sohaviy forumlar, panel muhokamalari hamda texnologiya va biznes vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar o‘rin olgan.
➡️Ko‘rgazmada Xitoy, Yaponiya, Ummon, Tojikiston, Turkiya, Gruziya va boshqa mamlakatlarning milliy pavilyonlari ham ishtirok etmoqda. Haftalik tadbirlarida 50 dan ortiq mamlakatdan spikerlar va delegatlar qatnashmoqda.
Birinchi kunning asosiy tadbirlaridan biri Startup & Venture Summit bo‘ldi. U ICT WEEK doirasidagi startaplar dasturiga start berdi. Muhokamalar mintaqadagi venchur kapital bozorini rivojlantirishning keyingi bosqichiga, jumladan, mahalliy startaplarni rivojlantirish, kapital jalb qilish, xalqaro bozorlarga chiqish hamda davlat va xususiy investorlarning startap ekotizimini rivojlantirishdagi roliga bag‘ishlandi.
IT Park Capital ICT WEEK’da o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Tadbirning birinchi kunida jamoa ko‘rgazma mehmonlarini kutib olib, IT kompaniyalari, o‘quv markazlari va IT xizmatlari eksportchilari uchun moliyalashtirish yechimlari haqida ma’lumot berdi.
🪙 Stenddagi asosiy faolliklardan biri Capital Hoot viktorinasi bo‘ldi. Ishtirokchilar IT, fintech, sun’iy intellekt va startaplar bo‘yicha bilimlarini sinab, reyting jadvalidagi yuqori o‘rinlar uchun bellashdilar.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 25-sentabrga qadar davom etadi. Dastur doirasida 23-sentabr kuni Enterprise Uzbekistan Summit, 24-sentabr kuni Startup World Cup mintaqaviy finali, shuningdek, AI Forum, Fintech Forum va boshqa sohaviy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Site | Telegram | LinkedIn | Instagram | Facebook





