✨ Enterprise Uzbekistan: texnologik kompaniyalar uchun yangi xalqaro biznes muhiti
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Enterprise Uzbekistan Summit tadbirida Enterprise Uzbekistan strategik hamkorliklar bo‘yicha rahbari Sultonmurod Rasulov O‘zbekistonning texnologik va eksport salohiyati hamda yangi yurisdiksiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda O‘zbekiston so‘nggi yillarda texnologik kompaniyalar soni, IT-xizmatlar eksporti va xalqaro bozorlarga chiqish geografiyasini sezilarli kengaytirgani qayd etildi. Mamlakatning asosiy ustunliklari sifatida yosh va malakali kadrlar bazasi, raqamli infratuzilma, ko‘p tilli mutaxassislar hamda texnologik sektorga investitsiyalar oqimi ko‘rsatildi.
Alohida e’tibor Enterprise Uzbekistan modeliga qaratildi. Yangi yurisdiksiya texnologik biznes uchun huquqiy, soliq, investitsiya, innovatsion, operatsion va kadrlar bilan bog‘liq shartlarni yagona muhitda birlashtirishni nazarda tutadi.
Ushbu model kompaniyalarga faoliyat yuritish uchun oldindan aniq va uzoq muddatli qoidalar, xalqaro biznes amaliyotlariga mos huquqiy mexanizmlar, kapital va investitsiyalar bilan ishlash imkoniyatlari, intellektual mulk himoyasi hamda innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Taqdimotning asosiy mazmuni O‘zbekistonni nafaqat tez rivojlanayotgan texnologik bozor, balki xalqaro kompaniyalar mintaqaviy operatsiyalarini yo‘lga qo‘yishi, mahsulotlar yaratishi va global bozorlarga chiqishi mumkin bo‘lgan platforma sifatida rivojlantirishga qaratildi.
🔥 Jonli efirga ulanish: YouTube
—
✨ Enterprise Uzbekistan: A New International Business Environment for Technology Companies
At the Enterprise Uzbekistan Summit, held as part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, Sultonmurod Rasulov, Head of Strategic Partnerships at Enterprise Uzbekistan, presented Uzbekistan’s growing technology and export potential and the opportunities offered by the new jurisdiction.
The presentation highlighted Uzbekistan’s rapid expansion in technology companies, IT services exports, and access to international markets. A young and skilled talent base, digital readiness, multilingual professionals, and growing investment in the technology sector were presented as key strengths of the ecosystem.
A major focus was the Enterprise Uzbekistan model, which is designed to bring legal, fiscal, venture, innovation, operating, and talent frameworks together within a single business environment.
The jurisdiction aims to provide technology companies with predictable long-term rules, legal mechanisms aligned with international business practices, greater flexibility for investment and capital, intellectual property protection, and an environment designed to support innovation.
The broader message of the presentation was that Uzbekistan is positioning itself not only as a fast-growing technology market, but as a platform where international companies can establish regional operations, build products, and scale into global markets.
🔥 Watch the livestream: YouTube
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #21101
621
