TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21076 538

Forwarded from StartupBase

🚀 IT Park Uzbekistan va Upvisor Global Yevropa bozoriga chiqish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Amsterdamda joylashgan Upvisor Global xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda IT Park Uzbekistan tomonidan Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Farrux Erkinov, Upvisor Global tomonidan esa kompaniya asoschisi va CEO’si Gernot Shvendtner ishtirok etdi.

Tomonlar o‘zbek startaplari va IT-kompaniyalari uchun Yevropa bozoriga chiqish dasturini ishlab chiqish, bozor tanlash, mijozlar ehtiyojini aniqlash va bozorga chiqish strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

🌍 Upvisor Global 2017-yildan buyon startap va tez o‘sayotgan kompaniyalarga (scale-ups) xalqaro bozorlarga chiqishda yordam berib keladi. Kompaniya 400+ xalqaro ekspansiya loyihasida ishtirok etgan va 355+ founder bilan ishlagan.

Muzokaralarda Yevropadagi korporatsiyalar, potensial mijozlar, investorlar va ekotizim vakillari bilan B2B uchrashuvlar va tanishtiruvlar tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


🤝 Tomonlar, shuningdek, xalqaro ekspansiya va bozorga kirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash uchun Anglashuv memorandumi (MoU) imzoladi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 22, 2026✨ How was the First Day of ICT WEEK 2026? Central Asia’s largest technology event opened i…
  2. Sep 22, 2026✨ ICT WEEK 2026’ning birinchi kuni qanday o‘tdi? 22-sentabr kuni Toshkent shahrida Markazi…
  3. Sep 22, 2026✨ Markaziy Osiyo va Kavkazning AI readiness natijalari ICT WEEK Uzbekistan’da taqdim etild…
  4. Sep 22, 2026#Fakt24 | 22.09.2026 Xalqaro ekspertlar: O‘zbekiston — startaplar mamlakati mtrk.uz | Inst…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →