TGViewer
Channel Public Channel
Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi

Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi

@ita_samarkand

Turizm va mehmondo‘stlik sohasida
kasbiy tayyorlov va malaka oshirish

Ma'lumot uchun:

Rasmiy sahifalar:
🔗 https://itasam.aqulas.me
Subscribers
264
Photos
262
Videos
51
Links
107
Recent Posts 8 shown
Post #422 1.37K
🏨 Mehmonxona yoki biznesingiz uchun xodim izlayapsizmi?

Yoki o‘zingiz yangi ish qidiryapsizmi?
jobs.emehmon.uz ish beruvchilar va mutaxassislarni bitta qulay platformada birlashtiradi!

✅ Ish beruvchi bo‘lsangiz: vakansiya yarating, talablar va ish shartlarini ko‘rsating.
✅ Ish izlayotgan bo‘lsangiz: profilingizni to‘ldiring va rezyumengizni joylashtiring.
🔎 Vakansiyalarni kasb, hudud va ish shartlari bo‘yicha toping.
📩 Mos taklifni tanlab, bir necha qadamda ariza yuboring.
📊 Ish beruvchilar arizalarni ko‘radi, nomzodlar esa ariza holati va yangi takliflarni kuzatadi.

👉 Boshlash uchun jobs.emehmon.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting va rolingizni tanlang: ish beruvchi yoki ish izlovchi.

E mehmon jobs: xodim toping yoki yangi ishingizni boshlang! 🚀

🔗 jobs.emehmon.uz

Official accounts

telegram | instagram | facebook
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🤝 1
Post #421 107
🎓 Parkentda mehmondo‘stlik sohasi uchun malaka oshirish kurslari boshlandi!

6-oktabr kuni «Oltinbel» resortda Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tomonidan uch yo‘nalishda kurslarga start berildi:

🔹 Housekeeping va sanitariya-gigiyena
🔹 Mehmonxona qabulxonasi — Front Office
🔹 Umumiy ovqatlantirish xizmatlari

✅ Xalqaro standartlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar
✅ Tajribali o‘qituvchilar va soha amaliyotchilari

Kurslarda mehmonxona, mehmon uyi, kurort va ovqatlanish korxonalari xodimlari, rahbarlari hamda sohaga yangi kirib kelayotgan mutaxassislar qatnashmoqda. Kursni muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

💼 Malakali kadrlar — turizm rivojining asosi!
📍 Parkent tumani, «Oltinbel» resort

Official accounts

telegram | instagram | facebook
  • 👍 1
Post #415 127
🎓 Xalqaro o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi!

UN Tourism hamda Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi hamkorligida 16-apreldan 3-oktabrgacha “Hospitality Management” va “Hotel Operation & Innovation” yo‘nalishlarida tashkil etilgan xalqaro o‘quv dasturi o‘z yakuniga yetdi.

Dasturda 50 nafarga yaqin turizm va mehmondo‘stlik sohasi vakillari ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va xalqaro standartlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlarni Vengriya, Sloveniya, Ispaniya, Kolumbiya va Avstriyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar olib bordilar.

Yakuniy tadbirda tinglovchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

🌍 Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi kelgusida ham xalqaro hamkorlikni kengaytirib, turizm va mehmondo‘stlik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.

📍 Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3A

Official accounts
telegram | instagram | facebook
  • 👍 2
Post #411 254
🌍 Xalqaro turizm sohasida malaka oshirish davom etmoqda!

21-sentabrdan 3-oktabrgacha BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti tomonidan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan “Mehmondo‘stlikni boshqarish va mehmonxona boshqaruvi” yo‘nalishidagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

📚 Mazkur o‘quvlarning amaliy qismi 29-sentabr kuni “Boqiy shahar” majmuasi hamda “Hilton” mehmonxonasida, Xalqaro ekspertlar Christopher va Karoliy boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

🤝 Amaliy mashg‘ulotlar Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi hamkorligida tashkil etilib, ishtirokchilarga mehmondo‘stlik va mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha zamonaviy xalqaro tajribalarni amaliy o‘rganish imkonini berdi.

✨ Xalqaro tajriba, amaliy bilim va zamonaviy yondashuvlar — turizm ta’limining yangi bosqichi sari!

📍 Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3A

Official accounts
telegram | instagram | facebook
  • 👍 3
Post #406 189
O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasida yangi davr boshlandi!

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida UN Tourism hamkorligida tashkil etilgan Professionallarni qayta tayyorlash dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi! 🎉

Tadbirda respublikamizdagi kichik va yirik mehmonxonalarning Bosh direktorlari, operatsion menejerlari, bo‘lim rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

📌 Tadbir davomida:

🤝 Fikr almashildi – UN Tourism va Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi vakillari bilan xalqaro tajriba hamda zamonaviy tendensiyalar muhokama qilindi.

💬 Savollarga javob berildi – mehmonxonalarda boshqaruvni yaxshilash va ish joyida amaliy o‘qitishga oid dolzarb savollar ko‘rib chiqildi.

📊 Dastur taqdim etildi – mehmonxona biznesini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qayta tayyorlash dasturining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🏛 Akademiya bilan tanishuv – ishtirokchilar bino, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va xalqaro infratuzilmani ko‘zdan kechirdilar.
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #405 211
📢 BUGUN — SOAT 11:00 DA!
Boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi!

🌍 27-sentabr — Xalqaro turizm kuni munosabati bilan bugun, 26-sentabr kuni soat 11:00 da, Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida
UN Tourism bilan hamkorlikda mehmondo‘stlik sohasi uchun “Professionallarni qayta tayyorlash dasturi” taqdimoti hamda soha vakillari ishtirokidagi amaliy muloqot bo‘lib o‘tadi.

🎯 Tadbirda:
• turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
• xalqaro tajribani amaliyotga joriy etish;
• ta’lim dasturlarini mehmonxona biznesining real ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

💻 Onlayn ishtirok etish uchun Zoom:
https://us06web.zoom.us/j/83738298276?pwd=pcaZdDGUJEkDarSGQoatsyRnXF6m2m.1

Parol: 227820

🔴 Tadbir hozir boshlanadi — bizga qo‘shiling!
Zoom Join our Cloud HD Video Meeting Zoom is the leader in modern enterprise cloud communications.
  • ❤ 1
Post #402 353
Samarqand Xalqaro Turizm Akademiyasi global sahnada!

🌍2026-yil 23-sentabr kuni UN Tourism’ning Turizm ta’limi bo‘yicha texnik qo‘mita yig‘ilishida Samarqand akademiyasi faoliyati xalqaro hamjamiyatga rasman taqdim etildi.
Taqdimotda akademiyaning 5 ta asosiy strategik ustuvorligi ko‘rsatib berildi:
🔹 Mintaqada professional kadrlar yetishmovchiligini to‘ldirish.
🔹 UN Tourism bilan birgalikda global tajribalarni tatbiq etish.
🔹 Soha xodimlarini qayta tayyorlash va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslash.
🔹 Zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda xalqaro sertifikat va diplomlar tizimi.
🔹 Global institutlar va hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish.

✨ Xulosa: Samarqand kampusi endilikda xalqaro miqyosda malaka oshirish va davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash uchun strategik ta’lim markazi sifatida e’tirof etildi.

📍 Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3A

Official accounts
telegram | instagram | facebook
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ita_samarkand without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi have?
Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi (@ita_samarkand) has 264 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalqaro Turizm Akademiyasi | Samarqand kampusi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →