🎓 Xalqaro o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi!
UN Tourism hamda Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi hamkorligida 16-apreldan 3-oktabrgacha “Hospitality Management” va “Hotel Operation & Innovation” yo‘nalishlarida tashkil etilgan xalqaro o‘quv dasturi o‘z yakuniga yetdi.
Dasturda 50 nafarga yaqin turizm va mehmondo‘stlik sohasi vakillari ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va xalqaro standartlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlarni Vengriya, Sloveniya, Ispaniya, Kolumbiya va Avstriyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar olib bordilar.
Yakuniy tadbirda tinglovchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
🌍 Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi kelgusida ham xalqaro hamkorlikni kengaytirib, turizm va mehmondo‘stlik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
📍 Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3A
Official accounts
telegram | instagram | facebook
Post #415
131






- 👍 2