Dasturlash menga emasmikin?
Birinchi ishga kirganimda Nextjsda qilingan bir ecommerce projectda ishimni boshlagandim. Tahminan 2 oylardan keyin yangi boshlangan, judayam katta, CRM, bir necha hil user type'lari bor hullas gigant dashboard projectga o'tib qolganman.
Shunaqangi moslashishga qiynalganmanki dasturlash menga emasmikin,
UI/UX designer bo'lganim yaxshiroqmikin deb o'ylab qolgandim. Proyektni CEOsi ham buni sezib hol-ahvol so'raganda judayam qiyin kechayotganini, agar sekin ketayotgan bo'lsam meni boshqa tajribaliroq odamga almashtirishi mumkinligini aytgandim. Kulib qo'yib hali o'rganib ketasiz degandi. Qattiq o'ylanishlar, siqilishlardan keyin 1-1.5 hafta vaqt o'tib proyektga ancha moslashib qolib keyin u yomon fikrlar ham yo'qolgan.
O'sha proyekt hozirgacha men ishlagan eng katta va portfolio, intervyularda og'zimi to'ldirib maqtana oladiganim bo'ldi. Proyektni launch qilib, yana qanchadir vaqt ishlab chiqib ketayotganimda (tahminan 1 yil atrofi bo'b qoldi) proyektni bazasida 1 mln+ userlar bo'lib oyiga 180 000 buyurtmani aylantirayotgan edi (hozir bundan ancha ko'p menimcha). 20 dan oshiq restoranlar ba'zilarini 20-30 ta filiallari bor.
Dasturlash kasbi reklama qilishganlaridek osonmas, o'ziga yarasha yaxshigina qiyinchiliklari bor. Vaqti kelganda shunday qiyinchiliklarga turib berishingiz kerak. Sabr qila olsangiz shunday mehnatingizni rohatini ko'rib ko'ziz quvnab o'tiradigan holatga ham yetishasiz.
Lekin baribir o'zingizni UI/UX dizayn kasbida sinab ko'rish fikrida qat'iy bo'lsangiz,
Vector academyda haliyam qabul davom etyapti ekan. Quyidagi havola orqali kurs bilan tanishishingiz mumkin.
🔗 Havola@islombekdev