TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 435 subscribers
Post #282 754
Dasturlash menga emasmikin?

Birinchi ishga kirganimda Nextjsda qilingan bir ecommerce projectda ishimni boshlagandim. Tahminan 2 oylardan keyin yangi boshlangan, judayam katta, CRM, bir necha hil user type'lari bor hullas gigant dashboard projectga o'tib qolganman.

Shunaqangi moslashishga qiynalganmanki dasturlash menga emasmikin, UI/UX designer bo'lganim yaxshiroqmikin deb o'ylab qolgandim. Proyektni CEOsi ham buni sezib hol-ahvol so'raganda judayam qiyin kechayotganini, agar sekin ketayotgan bo'lsam meni boshqa tajribaliroq odamga almashtirishi mumkinligini aytgandim. Kulib qo'yib hali o'rganib ketasiz degandi. Qattiq o'ylanishlar, siqilishlardan keyin 1-1.5 hafta vaqt o'tib proyektga ancha moslashib qolib keyin u yomon fikrlar ham yo'qolgan.

O'sha proyekt hozirgacha men ishlagan eng katta va portfolio, intervyularda og'zimi to'ldirib maqtana oladiganim bo'ldi. Proyektni launch qilib, yana qanchadir vaqt ishlab chiqib ketayotganimda (tahminan 1 yil atrofi bo'b qoldi) proyektni bazasida 1 mln+ userlar bo'lib oyiga 180 000 buyurtmani aylantirayotgan edi (hozir bundan ancha ko'p menimcha). 20 dan oshiq restoranlar ba'zilarini 20-30 ta filiallari bor.

Dasturlash kasbi reklama qilishganlaridek osonmas, o'ziga yarasha yaxshigina qiyinchiliklari bor. Vaqti kelganda shunday qiyinchiliklarga turib berishingiz kerak. Sabr qila olsangiz shunday mehnatingizni rohatini ko'rib ko'ziz quvnab o'tiradigan holatga ham yetishasiz.

Lekin baribir o'zingizni UI/UX dizayn kasbida sinab ko'rish fikrida qat'iy bo'lsangiz, Vector academyda haliyam qabul davom etyapti ekan. Quyidagi havola orqali kurs bilan tanishishingiz mumkin.

🔗 Havola

@islombekdev
  • 👍 8
  • 🔥 3
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →