TGViewer
Khumoyun Codes Khumoyun Codes @khumoyun_codes · 4.67K subscribers
Post #562 20.3K
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️

Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://t.me/tuit_online/18656

Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.

Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:

1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.

Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!

@khumoyun_codes
  • 👍 99
  • 🔥 10
  • ❤ 2
  • 😁 2
More from @khumoyun_codes
  1. Oct 8, 2026Jakhongir aka (@JR_TwitGram) tavsiya qilgan qo'shiqni eshitib, ma'nosiga e'tibor beringlar…
  2. Oct 1, 2026Ustoz va murabbiylar kuni bilan! Hamma sizga dars bergan odamlar ustoz bo'la olmaydi, hamm…
  3. Sep 24, 2026Reasoning Kuni bo'yi o'tirib, ochgan PRimda 50 qator code o'zgarpti, logika bo'yicha o'zga…
  4. Sep 23, 2026AI yordamida motion grafika orqali video qilishga harakat qilib ko'rdim. Hech qanday, skil…
  5. Sep 21, 2026MyGovda tavsiya etilayotgan vakansiyalar beruvchi algoritmning, AI kelajagining bizni soha…
  6. Sep 11, 2026Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆 👍 Bu ye…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →