Ustoz va murabbiylar kuni bilan!
Hamma sizga dars bergan odamlar ustoz bo'la olmaydi, hamma ustozlar ham bu nomga loyiq emas. Lekin oralarida shundaylari borki, sizning hayotingizda tubdan burilish bo'lishiga yordam beradi. Bu qatorga men ota-onam va akalarimni qo'shmaganimda, 2 kishini doimiy esga olaman. Biri Ingliz tilidan menga dars bergan Shahnoza Aliyeva ismli ustozimni, ikkinchisi dasturlashda meni zo'rg'a emaklab yurganimda oyoqqa turishimga yordam bergan ustozim Maqsud aka Karimovni. Ikkovlari ham menga ilmda qa'tiyatli bo'lishni, shunchaki o'rganmaslikni va bu oson bo'lmagan ishda quntli bo'lishni o'rgatib, kerakli vaziyatlarda doimo suyab turishgan. Vaziyatdan foydalanib bu ustozlarimga, siz do'stlarim oldida rahmat aytmoqchiman!
@khumoyun_codes
Post #974
639
- 🔥 11
- 👍 3