☄️ O‘zbekistonda teatr uzoq va murakkab tarixga ega. XX asr boshlarida jadidlar uni shunchaki ko‘ngilxushlik emas, balki ma’rifat va jamiyatni o‘zgartirish vositasi deb bildilar. Keyinchalik sovet o‘zbek teatri paydo bo‘ldi, professional sahna, rejissyorlik va aktyorlik maktablari shakllandi. So‘nggi yuz yil ichida teatr jamiyat bilan birga o‘zgarib bordi. Xo‘sh, u bugungi kunda qanday holatda? O‘zbek teatriga yangi shakllar, yangi mualliflar, tomoshabin bilan muloqotning yangi tili kerakmi? Uning kelajagini belgilaydigan o‘zgarishlar bugun sodir bo‘lyaptimi? Bu haqda teatrshunos, tanqidchi va "Shams-i-Qamar" teatr-studiyasining badiiy rahbari Qamariddin Ortiqov va "Shams-i-Qamar" teatr-studiyasining iqtidorli aktyori Muxtor Asrorov bilan suhbatlashamiz.
👉 https://youtu.be/x5Gw7W9bdzo
@insusambil
Post #9212
1.42K